HUDUD YANGILIKLARI • ÖZBEKISTON • DUNYO
TelegramInstagram
XORAZMNING BUGUNGI KUNIHudud hayoti, muhim qarorlar va dolzarb xabarlar
DOLZARBXorazm va Özbekistondagi muhim voqealar bir manzildaKanalga obuna böliş ↗
Reklamangizni Xorazmliklar.uz saytida joylaştiringReklama uçun maydon
XORAZMLIKLAR TASMASI

Sönggi yangiliklar.

Xodimlarga «kartoşka puli» beriş majburiymi? Qonunçilikda qanday tartib belgilangan?

Kuz-qiş mavsumida xodimlarga kartoşka, piyoz va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini xarid qiliş uçun beriladigan mablağ xalq orasida «kartoşka puli» deb ataladi. Ammo bu tölov qonunçilikda aynan şu nom bilan belgilangan majburiy tölov hisoblanmaydi.

Xöş, iş beruvçi xodimlarga bunday mablağni qanday tartibda ajratişi mumkin va kimlar uni oliş huquqiga ega?

«Kartoşka puli» qanday huquqiy asosda beriladi?

Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga köra, xodimlarning mehnatga oid qöşimça huquqlari va kafolatlari jamoa kelişuvlari, jamoa şartnomalari hamda taşkilotning içki hujjatlarida belgilanişi mumkin.

Xususan, Mehnat kodeksining 12 va 13-moddalarida mehnat haqidagi boşqa huquqiy hujjatlar hamda ularda xodimlar uçun qöşimça kafolatlar belgilaş imkoniyati nazarda tutilgan.

Şu sababli taşkilotda «kartoşka puli» yoki qişloq xöjaligi mahsulotlarini xarid qiliş uçun moddiy yordam beriş jamoa şartnomasida belgilangan bölsa, iş beruvçi uşbu majburiyatni bajarişi lozim.

Kimlarga tölanadi?

Agar jamoa şartnomasida bunday yordam taşkilotning barça xodimlariga berilişi belgilangan bölsa, u mehnat şartnomasi asosida işlayotgan barça tegişli xodimlarga tatbiq etiladi.

Bunda jamoa şartnomasi kuçga kirganidan keyin işga qabul qilingan xodimlar ham uning amal qiliş doirasiga kiradi. Bu Mehnat kodeksining 72-moddasida belgilangan.

Agar moddiy yordam beriş şartlari jamoa şartnomasida yoki boşqa içki hujjatlarda belgilanmagan bölsa, xodim rahbar nomiga ariza bilan murojaat qilişi mumkin. Iş beruvçi murojaatni körib çiqib, mablağ ajratiş masalasini hal qiladi.

Tölov qanday rasmiylaştiriladi?

Bunday yordamni rasmiylaştirişda bir neçta jihat muhim:

• moddiy yordam beriş şartlari jamoa şartnomasi yoki tegişli içki hujjatda körsatiladi;
• tölov miqdori va uni oliş şartlari belgilanadi;
• zarur hollarda xodimning arizasi olinadi;
• iş beruvçining tegişli buyruği çiqariladi;
• mablağ taşkilotning qonuniy moliyalaştiriş manbalari hisobidan ajratiladi.

Budjet taşkilotlarida qanday tartib amal qiladi?

Budjet taşkilotlarida xodimlarni rağbatlantiriş uçun mablağ ajratiş alohida tartibga ega.

Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 19-sentabrdagi 176-son buyruği bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligida 3561-raqam bilan röyxatdan ötkazilgan nizomga muvofiq, moddiy rağbatlantiriş maxsus fondi mablağlari xodimlarga ustamalar belgilaş va ularni mukofotlaş uçun yönaltiriladi.

Mazkur fond mablağlari rejalaştirilgan xarajatlar doirasida sarflanadi. Şu bois budjet taşkilotlaridagi har qanday qöşimça tölovni uşbu fond hisobidan avtomatik ravişda amalga oşiriş mumkin emas. Qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun moddiy yordam ajratişda esa taşkilotning tegişli huquqiy va moliyaviy asosi bölişi kerak.

Xulosa

Demak, «kartoşka puli» barça taşkilotlar xodimlariga har yili majburiy ravişda berilişi şart bölgan umumiy tölov emas.

Biroq jamoa şartnomasi yoki boşqa tegişli huquqiy hujjatda bunday yordam beriş majburiyati belgilangan bölsa, iş beruvçi uni belgilangan tartibda amalga oşirişi kerak. Xodimlar esa öz taşkilotlarining jamoa şartnomasi bilan tanişib, bunday yordam nazarda tutilgan yoki tutilmaganini aniqlaşi mumkin.
Uşbu xabarni ulaşing
MAXSUS BÖLIM

Voqealar markazida — Xorazm

Dolzarb mavzularni izçil yoritamiz.

Xorazm yangiliklari ↗