Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tuğilgan, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boşqarmasi boşliği Nodir Xudayberdiyeviç Jumanyozov vafot etdi.Nodir Jumanyozov 1982-yilda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida tuğilgan.
U 2003-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavriat bosqiçini, 2005-yilda Toşkent davlat yuridik institutining magistraturasini tamomlagan. 2013-yilda Janubiy Koreyaning Çung-Ang universitetida doktoranturada tahsil olgan.
Nodir Jumanyozov mehnat faoliyatini 2005-yilda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida katta maslahatçi sifatida boşlagan. Keyinçalik vazirlikning iqtisodiy qonunçilik va xalqaro-huquqiy boşqarmalarida turli lavozimlarda işlagan.
Şuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida hamda Davlat xizmatlari agentligi tizimida faoliyat yuritgan.
2020–2021-yillarda Xorazm viloyati adliya boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, 2021–2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.
2022-yildan 2026-yil iyun oyigaçha Xorazm viloyati adliya boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan. 2026-yil iyun oyida esa Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan edi.
Nodir Jumanyozovning vafoti uning oila a'zolari, yaqinlari, hamkasblari va uni tanigan insonlar uçun oğir judolik böldi.
Marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiramiz.