Xorazm viloyati mahalliy budjetining daromadlar rejasi oşirib bajarilgani hisobidan 20 milliard söm mablağ viloyat hokimligiga yönaltiriladi. Bu haqda viloyat hokimining 2026-yil 31-oktabrdagi 381-12-0-F/26-sonli farmoyişida belgilangan.
Hujjatga köra, mazkur mablağ respublika budjetidan avval olingan ssudani qaytariş uçun ajratiladi. Uşbu ssuda mavjud kreditor qarzdorliklarni qoplaş maqsadida jalb qilingan bölib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda viloyat hokimligi örtasida 2026-yil 13-iyunda 4-sonli şartnoma tuzilgan.
20 milliard söm mablağ viloyat mahalliy budjetining 2026-yil uçinçi çorak daromadlar rejasi oşirib bajarilgan qismi hisobidan qoplanadi.
Farmoyişga muvofiq, viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasiga mahalliy budjetga tegişli özgartirişlar kiritiş, viloyat Ğaznaçilik xizmati boşqarmasiga esa mablağlarning belgilangan tartibda ötkazilişini ta’minlaş vazifasi yuklangan.
Hujjat ijrosini nazorat qiliş viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari A. Davletov zimmasiga yuklangan.
Farmoyiş Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşining 2026-yil 28-oktabrdagi VII-27-121-12-0-K/26-sonli qarori hamda Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan qabul qilingan.