Xonqa tumanida 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Prezident Xalq qabulxonasiga aholidan jami 2 527 ta murojaat kelib tuşgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga kam.Bu haqda xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining 2026-yil 30-oktabrdagi VII-45-111-12-175-K/26-sonli qarorida ma’lum qilingan.
Qayd etilişiça, kelib tuşgan murojaatlar jami 1 412 nafar fuqaroga tegishli bölgan. Ularning 738 nafari ayollar, 674 nafari erkaklar. Şuningdek, murojaat qilganlarning 230 nafari 31 yoşgaça bölgan fuqarolardir.
Murojaatlarning qançasi ijobiy hal etilgan?
Hisobot davrida kelib tuşgan 2 527 ta murojaatning 2 223 tasi körib çiqilgan, 304 tasi esa örganish jarayonida bölgan.
Körib çiqilgan murojaatlarning:
859 tasi yoki 39 foizi ijobiy hal qilingan;
1 158 tasiga huquqiy ma’lumot berilgan;
105 tasiga tuşuntirish berilgan;
9 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan;
43 tasi rad etilgan;
9 tasi körmasdan qoldirilgan;
30 tasi tugatilgan;
10 tasi ma’lumot uçun qabul qilingan.
Qaysi masalalar böyiça murojaatlar köp?
Xonqa tumanida eng köp murojaatlar bolalar nafaqasi (227 ta), bir martalik moddiy yordam (97 ta), aliment undirish (83 ta), ish bilan ta’minlash (77 ta), içki yöllarni asfaltlash va shag‘allashtirish (74 ta) masalalariga oid bölgan.
Ayrim yö nalishlarda murojaatlar soni sezilarli oshgan. Jumladan:
Elektr ta’minotidagi uzilishlar böyiça murojaatlar 14 tadan 43 taga;
Kredit foizlarini kamaytirish, töxtatish va qaytarish muddatini uzaytirish böyiça murojaatlar 8 tadan 20 taga;
18 yoshgaça bolalar nafaqasi böyiça murojaatlar 110 tadan 227 taga;
Xotin-qizlar uy-joylarini ta’mirlash böyiça murojaatlar 25 tadan 39 taga;
Maishiy çiqindilarni olib çiqib ketish xizmatlari uçun asossiz qarzdorlik böyiça murojaatlar 13 tadan 20 taga oshgan.
Qaysi mahallalardan murojaatlar köp kelib tuşgan?
Murojaatlar soni böyiça quyidagi mahallalar yetakçilik qilgan:
Döstlik — 147 ta;
Jannatmakon — 120 ta;
Guliston — 119 ta;
Dörman — 118 ta;
Obod — 115 ta.
Şuningdek, 2026-yilning 9 oyida takroriy murojaatlar soni 355 tani tashkil etgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga köp.
Ötgan yilning shu davrida 301 ta takroriy murojaat qayd etilgan.
Takroriy murojaatlar eng köp Bunyodkor (32 ta), Döstlik (24 ta), Yoş kuç (23 ta), Jannatmakon (22 ta) va Qoramozi (22 ta) mahallalaridan kelib tuşgan.
Jamoaviy murojaatlar ham oshgan
Hisobot davrida jamoaviy murojaatlar soni 21 tani tashkil qilgan. Bu ötgan yilning mos davridagi 11 taga nisbatan deyarli ikki baravar köp.
Jamoaviy murojaatlarning 7 tasi ijobiy hal etilgan, 11 tasiga huquqiy ma’lumot berilgan, 2 tasi ma’lumot uçun qabul qilingan va 1 tasi örganish jarayonida bölgan.
Qaror bilan tuman hokimi örinbosarlari, tashkilot va idoralar rahbarlariga fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida va sifatli körib çiqish, takroriy murojaatlarning oldini olish hamda aholi muammolarini joyida hal etish böyiça tegishli çoralar körish vazifalari yuklatilgan.