HUDUD YANGILIKLARI • ÖZBEKISTON • DUNYO
TelegramInstagram
XORAZMNING BUGUNGI KUNIHudud hayoti, muhim qarorlar va dolzarb xabarlar
DOLZARBXorazm va Özbekistondagi muhim voqealar bir manzildaKanalga obuna böliş ↗
Reklamangizni Xorazmliklar.uz saytida joylaştiringReklama uçun maydon
XORAZMLIKLAR TASMASI

Sönggi yangiliklar.

30-oktabr kuni Xorazmning uçta tumanida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi

30-oktabr kuni Xorazm viloyatining Şovot, Qöşköpir va Urganç tumanlaridagi ayrim mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi. Bunga gaz taqsimlaş stansiyalarida rejaläştirilgan texnik işlar hamda gaz quvurlarida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etiş zarurati sabab bölmoqda.“Urgançtransgaz” UK ma’lumotlariga köra, ta’mirlaş işlari quyidagi hududlarda amalga oşiriladi.

Şovot tumani — soat 08:00 dan 17:00 gaça
“Şovot-1” gaz taqsimlaş stansiyasida mavsumiy şaybani almaştiriş işlari olib borilişi sababli 30-oktabr kuni soat 08:00 dan 17:00 gaça tumanning quyidagi 26 ta mahallasida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi:
Turkiston, Şovot, Bunyodkor, Zamondoş, Qumyop, Asavey, Yangiobod, Royat, Mevazor, Qirğoqböyi, Paxtakor, Istiqbol, Oq oltin, Arbob, Yangi Özbekiston, Oydin, Qiyot, Qunduz, Idali qal’a, K. Otaniyazov, Ipakçi, Döstlik, Uzunköl, Arçazor, Xitoy va Taraqqiyot.
Mazkur çäklov 14 847 ta aholi xonadoni va 355 ta ulgurji iste’molçini qamrab oladi.

Qöşköpir tumani — soat 08:00 dan 17:00 gaça
“Qöşköpir” gaz taqsimlaş stansiyasida mavsumiy şaybani almaştiriş işlari amalga oşirilişi munosabati bilan 30-oktabr kuni soat 08:00 dan 17:00 gaça tumanning quyidagi 12 ta mahallasiga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi:
Gulzor, Madaniyat, Taraqqiyot, Yovğur, Iqbol, Arablar, Baratlar, Yangilik, Ayronköl, Börloq, Amirqum va Qoravul.
Uşbu hududlarda 7 608 ta aholi xonadoni va 177 ta ulgurji iste’molçi tabiiy gaz ta’minotidagi vaqtinçalik uzilişdan ta’sirlanadi.

Urganç tumani — soat 14:00 dan 17:00 gaça
Urganç tumanidagi ayrim mahallalarni tabiiy gaz bilan ta’minlovçi diametri 219 va 159 millimetr bölgan yuqori hamda örta bosimli yer usti gaz quvurlarida gaz sizib çiqiş holatlari aniqlangan.
Mazkur nosozliklarni bartaraf etiş maqsadida 30-oktabr kuni soat 14:00 dan 17:00 gaça quyidagi 6 ta mahallada tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi:
Killavut, Qiyot, Çondir, Boqaylar, Qayçili va Ğalaba.
Ta’mirlaş işlari davomida 4 102 ta aholi xonadoni hamda 39 ta ulgurji iste’molçi tabiiy gazdan vaqtinça foydalana olmaydi.

Jami 26 mingdan ortiq xonadonda gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi
Taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 30-oktabr kuni Xorazm viloyatining uçta tumanidagi jami 44 ta mahallada tabiiy gaz ta’minotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatiladi.
Çäklovlar jami 26 557 ta aholi xonadoni va 571 ta ulgurji iste’molçini qamrab oladi.
“Urgançtransgaz” UK ma’lum qilişiça, ta’mirlaş va tiklaş işlari yakunlangandan söng mazkur hududlarda tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Aholidan vaqtinçalik uzilişlarni inobatga oliş, gaz jihozlaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiliş söraladi.

Manba: “Urgançtransgaz” UK.
Uşbu xabarni ulaşing
MAXSUS BÖLIM

Voqealar markazida — Xorazm

Dolzarb mavzularni izçil yoritamiz.

Xorazm yangiliklari ↗