
“Urgançtransgaz” UK ma’lumotiga köra, gaz taqsimlaş stansiyalarida mavsumiy şayba almaştiriş işlari olib borilişi munosabati bilan ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib beriş belgilangan vaqt davomida töxtatiladi.
Xonqa tumanida 27 ta mahallada gaz bölmaydi
29-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça “Xonqa-1” gaz taqsimlaş stansiyasida mavsumiy şayba almaştiriş işlari amalga oşiriladi.Şu sababli tumanning Barkamollik, Fidoyilar, Vatanparvar, Jannatmakon, Pahlavonlar, Gulğunça, Ezgulik, Mahorat, Porloq, Yangilaniş, Ahillik, Bunyodkor, Mangulik, Ehtirom, Muqaddas, Istiqlol, Döstlik, Ğayrat, Mustaqillik, Paxtagul, Guliston, Ilğor, Nurafşon, Paxtakor, Madaniy yer, Yoş kuç va Oydin hayot mahallalariga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Gurlan tumanining barça mahallalarida gaz öçiriladi
Gurlan tumanini tabiiy gaz bilan ta’minlovçi gaz taqsimlaş stansiyasida ta’mirlaş va mavsumiy şayba almaştiriş işlari ötkazilişi sababli 29-oktabr kuni soat 08:00 dan 17:00 gaça tumanning barça mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatiladi.
Tuproqqal’a tumanining ham barça mahallalarida gaz bölmaydi
“Pitnak”, “Sarimoy-2” va “Sarimay-3” gaz taqsimlaş stansiyalarida mavsumiy şayba almaştiriş işlari olib borilişi munosabati bilan 29-oktabr kuni soat 12:00 dan 18:00 gaça Tuproqqal’a tumanining barça mahallalariga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Gaz ta’minoti qaçon tiklanadi?
Mas’ullar ma’lum qilişiça, ta’mirlaş işlari yakunlangandan söng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Aholidan vaqtinçalik noqulayliklarni inobatga oliş hamda gaz jihozlaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş söraladi.