image

Urganch shahrida test sinovlari o'tkazilishi munosabati bilan ayrim yo'llarda harakatlanish vaqtincha cheklanadi.

date_range14.11.2021, 01:28
Urganch shahar “Yoshlik” sport majmuasi binosida bo‘lib o‘tadigan test sinovi davomida shu atrofdagi yo‘llarda transport vositalarini qatnovini vaqtinchalik xarakatlanishini cheklash to‘g‘risida
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 715-sonli qaroriga muvofiq hamda test sinovi davrida fuqarolarni transport vositalaridan xavfsizligini ta’minlash borasidagi topshiriqlariga asosan test sinovi davomida shu atrofdagi yo‘llarda transport vositalarini qatnovini vaqtinchalik xarakatlanishini cheklash, hamda transport vositalari uchun vaqtinchalik to‘xtab turish joylarini tashkil qilish maqsadida:
 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 715-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 715-sonli qarorining ko‘rsatmalariga binoan Urganch shahrida joriy yil 12-noyabr kunidan 17-noyabr kuniga qadar ertalab 6-00 dan kechqurun 21-00 gacha vaqtincha cheklash bo‘yicha Al-Xorazmiy va Yoshlik ko‘chalari kesishgan chorrahasidan shu Yoshlik ko‘chasida joylashgan Yoshlik sport majmuasi binosi yon tomonigacha bo‘lgan masofada transport vositalari xarakati vaqtincha cheklansin.
3. Urganch shahar bo‘yicha IIO FMB (I.Tajimuratov)ga:
Al-Xorazmiy va Yoshlik ko‘chalari kesishgan chorrahasidan shu Yoshlik ko‘chasida joylashgan Yoshlik sport majmuasi binosi yon tomonigacha bo‘lgan masofada transport vositalarini vaqtincha cheklashni belgilangan tartibda va amaldagi qonunlar doirasida mutasaddilar bilan hal qilsin, shuningdek shu hududlarda jamoat tartibini saqlanishini ta’minlasin.
4. Shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi (Q.Jumanazarov):
-stadionlarda favqulodda vaziyatlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha stadionlarni xatlovdan o‘tkazsin:
-test sinovlari o‘tkaziladigan kunlari stadionlarda navbatchilik tashkil qilgan holda favqulodda vaziyatlar kelib chiqishining oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. Shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokari (A.Raximov) shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda jamaot salomatligi bo‘limi (A.Ismoilov) bilan birgalikda:
-test sinovi o‘tkaziladigan stadionlarni muntazam tarzda dizinfeksiya qilinishini ta’minlasin hamda stadionlarning kirish joyida dizenfeksiya yo‘laklarini o‘rnatib, ishtirokchilarning tana haroratini o‘lchash moslamalari va antiseptik vositalari bilan doimiy ravishda ta’minlasin va tibbiy xodimlar navbatchiligini tashkil etsin;
-stadionlarda birinchi tibbiy muolaja punktini tashkil etsin va har bir stadionni navbatchi tez tibbiy yordam mashinasi bilan ta’minlasin;
-test sinovi o‘tkaziladigan hududga kiritishda tana harorati 37 S dan yuqoriligi aniqlangan abiturientni test sinovlariga kiritmasdan sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi mas’ul xodimlari va Davlat test markazi vakili ishtirokida dalolatnoma tuzib, tibbiy tekshiruv o‘tkazish uchun hududga biriktilgan tibbiyot xodimiga topshirsin.
6. Urganch shahar bo‘yicha IIO FMB (I.Tajimuratov), O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Xorazm viloyat bo‘yicha boshqarmasi (I.Bekchanov):
-test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar atrofida sanitar zonalarni tashkil etsin, jamoatchilik tartib-intizomini saqlash choralarini ko‘rsin, odamlar xavfsizligiga tahdid qiluvchi buyumlar va ashyolar olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maxsus texnik vositalari yordamida belgilangan hududlarni ko‘zdan kechirsin;
7. Shahar “Obodonlashtirish boshqarmasi” (U.Oktamov):
 -joriy yilning 11-noyabrdan 17-noyabrgacha shu xududlarni tartibga keltirsin, obodonlashtirsin va mavzuga oid bezatishga amaliy yordam ko‘rsatsin.
8. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Urganch shahar hokimining birinchi o‘rinbosari J.Eshchanov, shahar hokimining o‘rinbosarlari N.Matyakubov, N.Babajanov zimmalariga yuklatilsin.
Urganch shahar hokimi
O.Xolboyev